Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan suhbat davomida qo‘mita vakili Temurmalik Abdullaev, hududiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Komiljon Umarov, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Abdusamad Tojiboev va bosh mutaxassis Husniddin Mirzaboevning chiqishlari tinglandi.
Talabalarga qo‘mita German Sparkassenstiftung (Germaniya) tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirayotganligi ma'lum qilindi.
Moliyaviy xizmatlardan foydalanishda nimalarga e'tibor qaratish lozimligi, shaxsiy byudjet va xarajatlarni rejalashtirish, kredit munosabatlari, kafillik, sug‘urta masalalari, shartnoma shartlarini o‘rganib chiqish, elektron va to‘lov xizmatlardan foydalanishda maxfiy kodlarni sir saqlash zarurligi, shaxsiy ma'lumotlarni barchaga oshkor etmaslik kabi masalalar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
NamMQI media markazi