Ramazon yo‘qlovlari davom etmoqda
Namangan muhandislik-qurilish instituti mutasaddilari Ramazon oyida ehtiyojmand oilalardan xabar olish an'nasini davom ettirmoqda.
Bu gal yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Odiljon Jakbarov, kasaba uyushma raisi Ahmadjon Haydarov va xotin-qizlar kengashi raisi Sohiba Otamirzayevadan iborat guruh Pop tumanida bo‘ldi.
Ular tumanning Chodakboshi mahallasidagi Zuhriddinovlar xonadonida bo‘lib, uy egalarini muborak oy bilan qutladi. Xonadon egalariga iftorlik dasturxonini bezaydigan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Samimiy tilaklar bildirildi va duolar qilindi.
NamMQI media markazi