• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Qurilishda innovasiyalar, binolar va inshootlarning seysmik xavfsizligi” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tadi

Joriy yil 15-17 dekabr' kunlari Namangan muhandislik-qurilish institutida “Qurilishda innovasiyalar, binolar va inshootlarning seysmik xavfsizligi” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tadi

Konferensiyaga quyidagi sho‘'balar bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi:

1. Innovasiyalar, energiyatejamkor-resurstejamkor muhandislik kommunikasiyali bino va inshootlarni loyihalash  hamda zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari;

2. Bino va inshootlarning hisoblash asoslarini takomillashtirish, binolar va inshootlarning konstruksiyaviy mustahkamligi, ishonchliligi  hamda seysmik xavfsizligi;

3. Qurilishda ekologiya, iqtisodiyot,  transport va logistika, bino va inshootlar qurilish texnologiyalaridagi kamchiliklar, nuqsonlar, ularni aniqlash  hamda bartaraf etish masalalari;
 
4. Texnik ishlanmalar, ixtirolar, dasturiy ishlanmalar, qurilish me'yorlari va qoidalariga kiritilishi uchun mo‘ljallangan  yangiliklar, hujjatlar va yangi ishlab chiqilgan taklif hamda tavsiyalar;

5. Axborot texnologiyalarining qurilishni rivojlantirishdagi roli va  xorijiy tajribalarni o‘rganishda chet tillarining ahamiyati hamda hamkorlikda  sohada kadrlar tayyorlash masalalari.

Maqolalar hech qanday to‘lovsiz qabul qilinadi!

Koordinatorlar:

Zokirjon Xolboev
+99897 282-00-05;
Ravshanbek Mavlonov
+99893 493-61-00.

Maqolalar quyidagi pochta va telegram guruh orqali qabul qilinadi:

E-mail: pgsnauka@gmail.com

Telegram guruh havolasi:
https://t.me/nammqi_xalqaro_konf_2022

  • Share :