• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Qurilish fakultetida “Fan va innovasiya-2023: rivojlanish va ustuvor yo‘nalishlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Konferensiyani institut rektori Sharifjon Ergashev ochib berdi va ushbu tadbir «Innoweek.uz.2023» xalqaro innovasion g‘oyalar haftaligi doirasida o‘tkazilayotgani bilan ahamiyatli ekanligini ta'kidladi.

Anjumanda "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Azizbek Bahodirov, viloyat mustaqil sinov laboratoriyalari uyushmasi raisi Nurbek Sharifboev, professorlar Sattor Xolmirzaev, Adham Hamidov, Akmalxon Rahimov va Alisher Alinazarovning mahalliy xom-ashyodan tayyorlangan yangi qurilish materiallarining qurilish sanoatidagi o‘rni, qurilishda zamonaviy issiqlikni saqlovchi materiallarni qo‘llash, binolarning konstruksiyaviy xavfsizligini ta'minlash kabi mavzulardagi ma'ruzalari tinglandi. 

Konferensiya sho‘'balar yig‘ilishlarida davom etdi.

NamMQI media markazi

  • Share :