Qurbon hayitida 5 kun dam olinadi
“Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2023 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni
28 iyun – chorshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
Shunga ko‘ra, Qurbon hayiti arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:
28 iyun (chorshanba) – Qurbon hayiti bayrami;
29 iyun (payshanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
30 iyun (juma) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
1 iyul (shanba) – dam olish kuni, shu jumladan, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shicha dam olish kuni;
2 iyul (yakshanba) – dam olish kuni.