Qrim va Sevastopol hududlaridagi talabalar ham istisno tariqasida o‘qishini ko‘chirishi mumkin
Qrim federal universiteti tibbiyot akademiyasining o‘zbek talabalari ijtimoiy tarmoqlar orqali Prezident Shavkat Mirziyoevga murojaat qilib, “hozirda Qrim hududi urush tufayli xavfli hududlar sirasiga kirayotgani bois” ularning ham o‘qishini O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirishda amaliy yordam so‘ragan. Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan, davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kabul kilish jarayonlarini muvofiklashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMda tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ham o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berildi.