Qozogʼistonlik akademik Sanoatni axborotlashtirish fakulьteti talabalariga dars oʼtdi
Qozogʼistondagi Xalqlar doʼstligi universiteti professori, Yevropa, Rossiya va Turon fanlar akademiyalari akademigi Jamoliddin Mahmudov Sanoatni axborotlashtirish fakulьteti Kimyoviy texnologiyalar yoʼnalishi 4-kurs talabalariga maʼruza qildi.
Maʼruza “Qishloq xoʼjaligida foydalaniladigan organik oʼgʼitlarning ekologiya va tuproq tarkibiga taʼsiri” mavzusiga bagʼishlandi.
Dars jarayoni savol-javoblarga boy boʼldi. Shuningdek, akademik oʼzi olib borayotgan ilmiy-tadqiqiqot ishlari, izlanishlar, erishgan natijalari haqida talabalarga batafsil hikoya qildi.