Qo‘shma ta'lim dasturi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar bilan ochiq muloqot
NamMQI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Qahramon Inoyatov Qozon federal universitetining Naberejnie Chelnidagi institutida qo‘shma ta'lim dasturi asosida tahsil olayotgan namanganlik talabalar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ularga NamMQI rektorining yangi yil tabrigi yetkazildi. Shundan so‘ng talabalar bilan o‘qish jarayonlari va yashash sharoitlari bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi.