Qo‘qonda oliy ta’lim muassasalari birinchi prorektorlari uchun respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Qo‘qon universitetida 23–25-avgust kunlari “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusida respublika o‘quv-seminari tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, respublikamizdagi 200 ga yaqin davlat, xorijiy va xususiy oliy ta’lim muassasalari birinchi prorektorlari hamda hamkor tashkilot vakillari ishtirok etmoqda.
Seminarda Namangan muhandislik-qurilish instituti birinchi prorektori Odiljon Jakbarov ham qatnashmoqda.