Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh davlat universiteti professor o‘qituvchilari tashrifi.
Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh davlat universiteti professor o‘qituvchilari 2022-yil 3-4-noyabr kunlari Namangan muhandislik-qurilish institutining “Axborot tizimlari va texnologiyalari” fakulteti talabalariga dars mashg’ulotlari o‘tishdi. Mahg‘ulotlarda kafedraning professor o’qituvchilari ham ishtirok etib hamkasblari bilan tajriba almashishdi. Darslar talabalarda ijobiy taassurot qoldirdi. Talabalar professorlarga qo‘shni mamlakat ta’limi, oliygohlari, talabalari va sohaga doir savollar berib munosib javoblar olishdi. Tashrif buyurgan mexmonlar bilan kelgusida o‘zaro hamkorlikdagi ishlarni yo’lga qo‘yishni kelishib olindi.