Qatagʻon qurbonlari xotirlandi
Namangan muhandislik-qurilish instituti axborot-resurs markazida “Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligi” doirasida “Impuls” tibbiyot instituti dotsenti, tarix fanlari nomzodi Tohirjon Qozoqov talaba-yoshlar uchun davra suhbati oʻtkazildi.
Muloqotni institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov ochdi va olib bordi.
Tadbirdan oldin talabalar ARM xodimlari tomonidan tayyorlangan siyosiy qatagʻon qurbonlari haqidagi xotira kitoblari va ularning asarlari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻldi.
Talabalar bilan muloqot davomida Tohirjon Qozoqov siyosiy qatagʻonlarning mashʼum oqibatlari haqida hikoya qildi, yoshlarning bu boradagi savollarga batafsil javoblar berildi.
NamMQI media markazi