• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Psixolog talaba qizlar uchun amaliy trening o‘tkazdi

Namangan muhandislik-qurilish instituti talaba qizlari uchun institut psixologi Nilufar Qodirova tomonidan “Yurakdagi gaplar” mavzusidagi amaliy trening o‘tkazildi.

Trening davomida talabalar o‘zlarini o‘ylantirayotgan masala va muammolar haqida so‘zladi. Ularga bu muammolarni yengib o‘tish yo‘llari va usullari haqida hikoya qilindi.

Shuningdek, treningda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik ko‘rinshlari, bunday salbiy holatlarni bartaraf etish uchun olib borilayotgan chora-tadbirlar, bunday vaziyatga tushib qolmaslik uchun e'tiborda tutish zarur bo‘lgan jihatlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

NamMQI media markazi

  • Share :