Prezidentlikka nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoevning saylovoldi dasturi 5 ta strategik maqsaddan iborat
Jumladan, birinchisi — ta'lim, ya'ni har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratish.
- Eng avvalo, 2030 yilga qadar maktabgacha ta'limga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanadi va qamrov 100 foizga yetkaziladi.
- Bog‘cha va maktablar fil'trlangan ichimlik suvi bilan to‘liq ta'minlanadi.
- Kelgusi 7 yilda maktablarda qo‘shimcha 2,5 million o‘quvchi o‘rni yaratish zarur. Shu maqsadda, “Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni” dasturi amalga oshiriladi.
- Xususiy ta'limga qo‘shimcha yengilliklar beriladi.
- Davlat-xususiy sheriklik asosida maktablar qurish keng joriy etiladi.
- Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta'lim planshetlari bilan to‘liq ta'minlanadi.
- Chekka hududlarda maktab avtobuslari bepul yo‘lga qo‘yiladi.
- Kelgusi yetti yilda barcha maktablarga chet ellardan “til egalari” bo‘lgan o‘qituvchilar olib kelinadi.