Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblariga guvohnomalari topshirildi
Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy kengashi yig‘ilishida Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblariga vazirlik tomonidan taqdim etilgan guvohnomalari topshirildi.
Institut rektori Sharifjon Ergashev stipendiatlarni jamoa nomidan tabriklab, yutuqlari bardavom bo‘lishiga tilak bildirdi.
Ma'lumot uchun, Namangan muhandislik-qurilish institutining 6 nafar talabasi yaqinda Prezident, Islom Karimov nomidagi va Beruniy nomli davlat stipendiyalari sohiblari bo‘lgandi.
NamMQI media markazi