Prezident Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi
Prezident Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi
➖ 2024 yili BMT shafeligida “Ijtimoiy himoya: barqaror taraqqiyot sari yo‘l” butunjahon konferensiyasini O‘zbekistonda o‘tkazish taklif etildi;
➖ Majburiy va bolalar mehnatiga qarshi kurashni dunyo miqyosida kuchaytirish zarur. Bizning tajribamiz shuni ko‘rsatmoqdaki, bunga chek qo‘yish imkoni bor;
➖ Markaziy Osiyoni tinch va gullab-yashnayotgan hududga aylantirish O‘zbekiston tashqi siyosatida bundan buyon ham ustuvor maqsad bo‘lib qoladi;
➖ BMT huzurida Markaziy Osiyo yoshlarini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etishni taklif etildi. Uning doirasida “Markaziy Osiyo yoshlarining kun tartibi – 2030” dasturini ishlab chiqish maqsadga muvofiq;
➖ 2024 yili O‘zbekistonda Osiyo xotin-qizlari forumini o‘tkazishni taklif etildi;
➖ O‘zbekistonda YuNeSKO shafeligida Dinlararo muloqot va bag‘rikenglik xalqaro markazini tashkil etish taklif qilindi;
➖ 2024 yil O‘zbekistonda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi.