O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi Ortiqali Qozoqov NamMQI talabalari uchun master-klass o‘tib berdi
Namangan muhandislik-qurilish institutida mehmon bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi Ortiqali Qozoqov ijodiy uchrashuv davomida NamMQI talabalari uchun master-klass o‘tib berdi.
Rassom molbert, mo‘yqalam va bo‘yoqlar yordamida yarim soatning nari-berisida talabalar ko‘z o‘ngida haqiqiy san'at namunasini yaratib berdi. "Malika" deb nom berilgan ushbu asarda qadim Sharqning go‘zal hukmdor ayoli tasvirlangan.
Talabalar ushbu asar yakunlanishini olqishlar bilan qarshi oldi. Ortiqali Qozoqov talabalarga sovg‘a sifatida eng mashhur asarlari jamlangan kitob-al'bomni taqdim etdi.
NamMQI media markazi