• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi

50-modda

Har kim ta'lim olish huquqiga ega.

Davlat uzluksiz ta'lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari rivojlanishini ta'minlaydi.

Davlat maktabgacha ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Davlat bepul umumiy o‘rta ta'lim va boshlang‘ich professional ta'lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta'lim majburiydir.

Maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta'lim davlat nazoratidadir.

Ta'lim tashkilotlarida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiya ta'minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi

  • Share :