O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Xolmurod Salimov Namangan muhandislik-qurilish institutida bo‘ldi
Mehmonga institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov va rektor maslahatchisi Azizbek Abduvaliev hamrohlik qildi. Ular institut tarixi va bugungi kuni, mavjud salohiyat haqida batafsil hikoya qildi.
Xolmurod Salimov institut media markazida ham bo‘ldi va bu yerda yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdi. Axborot xizmatlari uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar boshqa oliy o‘quv yurtlarida ham bo‘lishi ayni muddao ekanligini ta'kidladi.
NamMQI media markazi