• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

O‘zbekiston hukumatining yangilangan tarkibi

Prezidentning tegishli farmonlari bilan O‘zbekistonda hukumatning yangilangan tarkibi e'lon qilinmoqda.

Xususan:

- Timur Ishmetov prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investisiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va Moliya vaziri lavozimidan ozod etildi;

- Abduqodir Toshqulov prezidentning yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri lavozimidan ozod etildi;

- Ochilboy Ramatov;
- Jamshid Qo‘chqorov;
- Jamshid Xo‘jaev;
- Zulayho Mahkamova bosh vazir o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi;

- Sherzod Kudbiev Iqtisodiyot va moliya vaziri;

- Laziz Qudratov Investisiyalar, sanoat va savdo vaziri;

- Bobur Islomov Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri;

- Botir Zokirov Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri (Sherzod Hidoyatov vazirning birinchi o‘rinbosari);

- Behzod Musaev Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri (Nozim Husanov vazirning birinchi o‘rinbosari);

- Ibrohim Abdurahmonov Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vaziri;

- Hilola Umarova Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri (Agrippina Shin vazirning birinchi o‘rinbosari);

- Aziz Abduhakimov Tabiat resurslari vaziri (Narzullo Oblomurodov vazir o‘rinbosari);

- Adham Ikromov Yoshlar siyosati va sport vaziri (Alisher Sa'dullaev vazirning birinchi o‘rinbosari — Yoshlar ishlari agentligi direktori);

- Sherzod Shermatov Raqamli texnologiyalar vaziri;

- Ozodbek Nazarbekov Madaniyat va turizm vaziri (Ulug‘bek A'zamov vazirning birinchi o‘rinbosari);

- Jo‘rabek Mirzamahmudov Energetika vaziri;

- Amrillo Inoyatov Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimlariga tayinlandi;

- Shohruh Sharahmedov Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi;

- Sodiq Toshboev Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi;

- Bahodir Begalov prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori;

- Abdushukur Sodiqov Milliy antidoping agentligi direktori;

- Olim Narzullaev Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori lavozimlariga tayinlandi.

- Akmalxo‘ja Mavlonov Bojxona qo‘mitasi raisi;

- Bahromjon Norqobilov Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi;

- Nizomidin Bakirov O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori;

- Baxtiyor G‘ulomov Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligi nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimlariga tayinlandi.

  • Share :