Institutda “Oʻzbek tilim—shaʼnim, sharafim” deb nomlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtd
Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti tashabbusi bilan oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35-yilligi munosabati bilan tashkillangan tadbirda institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov, NamMQI professori Ox Yumrak, institut matbuot kotibi Azizbek Abduvaliyev, NamDU dotsenti Nozima Qozoqova, taniqli shoira Dilorom Ergasheva, “Milliy tiklanish” partiyasi viloyat kengashi raisi Dilnoza Azizovaning maʼruzalari tinglandi.
Soʻzga chiqqanlar oʻzbek tilining shakllanish bosqichlari, mamlakatda amalga oshirilayotgan davlat tiliga doir islohotlar, oʻzbek tilining yoshlar tarbiyasida tutgan oʻrni haqidagi mulohazalarini bildirdi.
Adabiy-badiiy kechaga qiziqarli savol-javoblar, fakultet isteʼdodli talabalari tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishlari, qoʻshiq va raqslar fayz kiritdi.
Tadbir yakunida “Qadring baland boʻlsin ona tilim” shiori ostida oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari va ishtirokchilari taqdirlandi.