Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vaziri o‘rinbosari NamMQI talabalari uchun barpo etilayotgan turar-joy qurilishi bilan
Namangan viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalari uchun davlat- xususiy sherikchilik tamoyili asosida barpo etilayotgan 1000 o‘rinli talabalar turar-joyi qurilishi bilan tanishdi.
Qurilish bilan tanishish jarayonida vazir o‘rinbosari bu yerdagi bunyodkorlik ishlarini sifatli va puxta olib borish, sport-sog‘lomlashtirish inshootlari va yashil hududlarga aloxida e'tibor qaratish zarurligini takidladi.
«Nifrit impeks» MChJ tomonidan ushbu talabalar turar-joyi qurilishi 2023 yil oxiriga qadar yakunlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, yil boshida institutning 300 o‘rinli yana bir yotoqxonasi qurilishi boshlangan edi.
Ma'lumot uchun, institut tasarrufida hozirgi kunda 2 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, umumiy sig‘imi 800 o‘rinni tashkil etadi.