Oliy attestasiya komissiyasi raisi viloyatda sayyor qabul o‘tkazdi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi raisi Ahmadbek Yusupov Namangan muhandislik-texnologiya institutida viloyatdagi oliy ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan ilmiy kengashlar a'zolari, tadqiqotchilar va doktorantlar bilan uchrashib, o‘zining navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
O‘tkazilgan muloqot davomida ilmiy daraja va unvonlarni berish tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, kengashlarning faoliyati haqida atroflicha ma'lumotlar berildi.
Shuninggdek, Oliy attestasiya komissiyasi raisi olimlar va yosh tadqiqotchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. Taklif hamda fikr-mulohazalar tinglandi.
Tadbirda Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifboy Ergashev boshchiligida institut mutasaddilari va professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etdi.