• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Og'zaki muloqot va uning xususiyatlari

Namangan muhandislik-qurilish instituti Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi D.Shermatova tomonidan Mashinasozlik fakultetining  Metrologiya va standartlashtirish, mahsulot sifati menejmenti  yo'nalishi 1-bosqich, 54-guruhida "Og'zaki muloqot va uning xususiyatlari" mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Ushbu dars jarayonida og'zaki muloqotning muhim xususiyatlari haqida so'z yuritildi. Unga ko'ra, yoshlarning o'zaro sof o'zbek tilida so'zlashish madaniyati, muloqot jarayonlarida, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy  qarashlarini mustahkamlashning dolzarb jihatlari haqida fikr yuritildi. Ayniqsa, munosabatlar jarayonida  o'zbek xalq maqollari, donishmandlarning ibratli so'zlari, hikmatlaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiqligi ta'kidlandi.Innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etilgan ushbu o'quv mashg'ulotida talabalar faol ishtirok etdilar. Qiziqarli o'yin, savol-javoblar  tashkil etildi. Kafedra mudiri S.Abdullayeva, professor-o'qituvchilardan K.Kamalova, O.Vohobova, Ye. Musayeva, A.Ismatullayev va F.Akbarovalar talabalar bilan o'z ilmiy-ijodiy va mehnat faoliyatlariga doir og'zaki  muloqotga kirishdilar.

  • Share :