Nostrifikatsiya va apostil xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumot
Prezidentning 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son farmoni bilan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tugatilib, uning vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanishi belgilangan.
Shu sababli Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga nostrifikatsiya va apostil xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni qabul qilib olish choralarini ko‘rish topshirig‘i berilgan.
Hozirgi kunda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan nostrifikatsiya va apostil xizmatlarini ko‘rsatish uchun axborot bazasini qabul qilib olish, u asosida axborot tizimi ishlab chiqish va uni tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur jarayonlar ma’lum vaqt talab etishini inobatga olgan holda ushbu xizmatlarni mart oyida ishga tushirish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi