• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Nogironligi bo‘lgan talabalar doimiy e'tiborimizda

Namangan muhandislik-qurilish institutida bugungi kunda 10 ming nafarga yaqin talaba tahsil olayotgan bo‘lsa, ularning 51 nafarini nogironligi bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularga institut tamonidan turli yo‘nalishlarda imkoniyat va imtiyozlar yartilib berilmoqda.

Jumladan, xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan ularga jami 26 million so‘mdan ortiq moddiy rag‘batlantirish va institut kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari berildi. 14 nafariga talabalar turar-joyidan joy berilib, yotoq uchun to‘lanadigan har qanday to‘lovlardan ozod etildi.

Bunga javoban yoshlar institutda va respublika miqyosida tashkil etilayotgan turli tanlovlar, sport musobaqalari va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelishmoqda.

Xususan, Energetika fakul'teti talabasi Tursunpo‘lat Madaminov, Sanoatni axborotlashtirish fakul'teti talabasi Kamolxon Abdulhaev para velosport va para suzish bo‘yicha turnirlarda sovrinli o‘rinlarni egallab, tengdoshlariga namuna bo‘lishmoqda.

Institutimizda nogironligi bo‘lgan talabalarga e'tibor va g‘amxo‘rlik bundan keyin ham izchil davom ettiriladi. Zero, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ham shundan iborat.

Odiljon Jakbarov, NamMQI yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori

  • Share :