• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Nogironligi bo‘lgan hamyurtlarimiz yo‘qlandi

3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Namangan muhandislik-qurilish instituti vakillari Norin tumanida bo‘ldi. 

Vakillarimiz tumanning Norinkapa mahallasidagi Donoxon Ahmedova, Yuqori Cho‘ja mahallasidagi Abduqahhor Husanov, O‘zbekiston mahallasidagi Manzura Karimova va Uchtepa mahallasidagi Qodirjon Umarov xonadonida bo‘lib, ulardan xabar oldi. 

Nogironligi bo‘lgan hamyurtlarimiz sana munosabati bilan tabriklanib, ularga institutning sovg‘a-salomlari topshirildi.

  • Share :