• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

«Navbahor» markaziy o‘yingohida konserti bo‘lib o‘tadi

Xalqaro gullar festivali tadbirlari doirasida «Navbahor» markaziy o‘yingohida turkiyalik jahon estrada yulduzi Rafet El Romanning konserti bo‘lib o‘tadi.

Boshlanish vaqti: 3 iyun', soat 19:30 da 
Chipta narxi: 30 ming so‘m

Chiptalar 31 may soat 9:00 dan sotuvga chiqadi:

Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘i darvozasi oldida (“Asakabank” ro‘parasidagi darvoza);

“Afsonalar vodiysi” tematik bog‘i markaziy darvozasi oldida;

“Sardoba” dahasidagi “Megapolis” savdo majmuasi oldida;

Davlatobod tumanidagi “Kamolot” bog‘i oldida;

“Markaziy” stadioni kassalaridan olishingiz mumkin.

Chiptalarni xarid qilishga shoshiling va turkiyalik taniqli qo‘shiqchining dilrabo kuy-qo‘shiqlaridan bahramand bo‘ling!

Shuningdek, guruhlar yoki korxona xodimlari uchun chiptalar buyurtma asosida sotib olinishi mumkin.

Murojaat uchun telefon:
       +998905982992     
       +998976211000

  • Share :