NamQI vakillari Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetida akademik mobillik dasturini amalga oshirdi
NamMQI Kimyo texnologiyalari kafedrasi mudiri R.Najmiddinov, kafedra professorlari I.Shamshidinov, Z.Toʻrayev, dotsent M.Sobirov, dotsent G.Qodirova, Mehnat xavfsizligi va ekologiya kafedrasi dotsenti N.Bahriddinov, Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi professori O.Abdullayeva joriy yil 18-25-sentabr kunlari akademik mobillik dasturi doirasida Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universitetida boʻldi.
Delegatsiya universitetning oʻquv binolari, auditoriyalar, yaratilgan shart-sharoitlar va moddiy-texnik baza bilan yaqindan tanishdi, hamkasblar bilan muloqotda boʻldi.