NamMQIda “Tadqiqot va taraqqiyot” nomli respublika jurnaliga asos solindi
NamMQI Qurilish fakulteti Yo‘l muhandisligi kafedrasi tomonidan “Tadqiqot va taraqqiyot” nomli respublika jurnaliga asos solindi.
Kuni-kecha jurnalga Prezident adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan tegishli guvohnoma berildi.
Nashr bir yilda to‘rt marta chop etiladi. Unga mamlakatimiz olimlari va tadqiqotchilarining o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi ilmiy maqolalari qabul qilinadi.
“Tadqiqot va taraqqiyot” tahririyatiga ilmiy va ijodiy muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!