NamMQIda “Ota-onalar bog‘i”ga asos solindi
Namangan muhandislik-qurilish institutida tashkil etilgan ota-onalar forumiga kelganlar ishtirokida oliy o‘quv yurti hududiga ko‘chatlar ekildi.
Bundan oldin nuroniylar duoga qo‘l ochib, yaratilajak bog‘ umrboqiy bo‘lishiga tilak bildirishdi.
Kashtan, pavloniya kabi ko‘chatlar oldindan tayyorlab qo‘yilgan chuqurlarga solinib, suv quyildi va tuproq tortildi.
—Bu ko‘chatlarni sizlar ekyapsizlar, nazorati esa bizning xodimlar va talaba farzandlaringiz, nevaralaringizda bo‘ladi. Vazir tashabbusi bo‘lgan ushbu tadbirni endi doimiy ravishda davom ettirib, an'anaga aylantiramiz, — dedi ko‘chat ekishda ishtirok etgan institut rektori Sharifjon Ergashev.
NamMQI media markazi