NamMQIda Konstitusiya qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Davlatobod tumanidagi viloyat madaniyat saroyida Konstitusiya qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda institut professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni institut yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Odiljon Jakbarov ochib berdi va institut rahbariyatining eng ezgu tilaklarini bildirdi.
Viloyat ma'naviyat va ma'rifat kengashi mas'ul kotibi Musoxon Oppoqov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Ziyovuddin Mansurov institut jamoasi va talabalarni kirib kelayotgan sana bilan muborakbod etib, o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir davomida turli tanlov va sport musobaqalarida yutuqlarga erishgan talabalarga kubok va medallar, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Viloyat madaniyat markazi va filarmoniyaning viloyat bo‘limi xonandalari esa kuy-qo‘shiq va taronalari bilan davraga fayz kiritdi.
NamMQI media markazi