NamMQIda har bir daraxt, har bir ko‘chatning o‘z egasi bor
Namangan muhandislik-qurilish institutida Mustaqillik bayrami oldidan obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Oliy o‘quv yurti hududidagi bino va inshootlarning tashqi va ichki ko‘rinishi tartibga keltirilmoqda. Yerlar ag‘darilib, daraxt va ko‘chatlar oqlanmoqda.
Shuningdek, institutda yana bir xayrli tashabbusga qo‘l urildi: oliy o‘quv yurtidagi barcha daraxt va ko‘chatlarga mas'ullar biriktirildi. Ushbu mas'ullar ularning holatidan doimiy xabardor bo‘ladi, qarovini e'tibordan chetda qoldirmay, uzluksiz kuzatib boradi.
Bu orqali institutdagi ko‘p yillik daraxtlarning barqarorligi va “Yashil makon” loyihasi doirasida yangi o‘tkazilgan ekinlarning tutib ketishi doimiy nazoratda bo‘ladi.
NamMQI media markazi