• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQIda General mayor talabalar bilan uchrashdi

Bugun NamMQIda Favqulodda Vaziyatlar vazirligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan is gazidan zaxarlanish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarnig oldini olish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i general mayor Qosim Ali Ahmedov va Namangan shahri Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i polkovnik Egamnazarov Bunyodbek Sohibnazarovich qatnashdi.

Davra suhbatini institut rektori olib bordi. Tadbir davomida talabalarga is gazidan zaxarlanishni oldini olish,  tabiiy gazdan qanday foydalanish bo‘yicha ma'lumotlar berib o‘tildi.

NamMQI media markazi

  • Share :