NamMQIda aholi ijtimoiy ahvolini yaxshilash bo‘yicha tashkiliy ishlar davom etmoqda
NamMQIning Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani o‘rinbosari Nozimjon Ortiqov Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Rovut” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qilayotgan, doimiy ish o‘rniga ega bo‘lmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, xususan institut rektori Sh.T.Ergashevga biriktirilib, turli sabablarga ko‘ra jamoatchilik nazoratiga olingan yoshlarning holidan xabar olish maqsadida ularning xonadonlariga tashrif buyurdilar.
Tashrif chog‘ida ushbu mahallada yashovchi Xudayberdiyev Anvarjon Egamberdi o'g'lining yashash xonadonida bo‘lib, oilaning yashash ahvoli o‘rganildi.
NamMQIda aholi ijtimoiy ahvolini yaxshilash bo‘yicha tashkiliy ishlar davom etmoqda.