NamMQI xotin-qizlar maslahat kengashi raisi «XXI asr ayoli» festivalida ishtirok etdi
Samarqand shahridagi yoshlar markazida «Ilmli ayol jamiyat ko‘zgusi» shiori ostidagi «XXI asr ayoli» xotin-qizlar festivali bo‘lib o‘tdi.
Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan festivalda respublikaning barcha viloyatlaridan oliy ta'lim muassasalari xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, olima ayollar, senatorlar qatnashdi.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva tadbir ishtirokchilariga videomurojaat yo‘llab, olima ayollarning jamiyatdagi o‘rni borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mazkur festivalda Namangan muhandislik-qurilish institutining xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sohibaxon Otamirzayeva ham ishtirok etdi.