NamMQI vakillariga Polsha akademiyasi sertifikatlari topshirildi
Polshaning Kalish akademiyasida yerasmus+dasturi doirasida o‘tkazilgan mobillik bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari yakuniga yetdi.
Akademiyaning ilmiy masalalar bo‘yicha prorektori Katarina Sigit va moliya masalalari bo‘yicha prorektor Gregor Shimanski NamMQI vakillariga o‘quvlar muvaffaqiyatli yakunlanganidan dalolat beruvchi sertifikatlarni topshirdi.
O‘z navbatida, Namangan muhandislik-qurilish instituti nomidan akademiya rahbariyatiga esdalik sovg‘a-salomlari topshirildi. O‘rnatilgan hamkorlik aloqalari doirasida institutga tashrif buyurish taklifi bildirildi.
Ushbu taklif akademiya rahbariyati tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.