NamMQI vakillari «Yangi O‘zbekiston: ilm qaldirg‘ochlari-2023» ko‘rik tanlovi va konferensiyasida ishtirok etdi
Jizzax politexnika institutida «Yangi O‘zbekiston: ilm qaldirg‘ochlari-2023» ko‘rik tanlovi va konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda institut vakillari, xususan, Qurilish materiallari va buyumlari kafedrasi professori Adhamjon Hamidov va bir guruh talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, «Eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi)” nominasiyasi bo‘yicha Qurilish fakul'teti talabasi, Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi Ahmadjon Muxtorjonov faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari fakul'tetning iqtidorli talabalaridan Mirabbos Mehmonaliev va Nabijon Valiev faol ishtiroki uchun Knauf korxonasi tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.