NamMQI vakillari Turkiy davlatlar universiadasida ishtirok etmoqda
Ayni kunlarda Qozog‘istonning Turkiston shahrida II Turkiy davlatlar universiadasi bo‘lib o‘tmoqda.
Universiada doirasida voleybol bo‘yicha erkaklar jamoasi ishtirokini muvaffaqiyatli boshlab, Qirg‘iziston jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Quvonchli tomoni, ushbu jamoa safida Shuhrat Ma'qulov boshchiligidagi NamMQI vakillari ham bor.
Turkistonda mazkur musobaqada ishtirok etayotgan davlatlar delegatsiya rahbarlarining yig‘ilishi ham tashkil etildi. Kun tartibida talabalarning sport faoliyati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Universiada 10 noyabrga qadar davom etadi.