NamMQI vakillari turizm yarmarkasida ishtirok etmoqda
Davlatobod tumanidagi Atour mehmonxonasida viloyat ichki turizm yarmarkasi o‘z ishini boshladi.
Ko‘rgazma viloyatda mavjud turizm ob'ektlariga aholini keng jalb etish, ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan tuzilmalarni qo‘llab-quvvatlash, turoperator va turagentlarni iste'molchilarga tanitish maqsadida tashkil etilgan.
Ushbu yarmarkada institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov boshchiligidagi mutasaddilar ham ishtirok etmoqda.