NamMQI vakillari Toshkentda bahorgi tijoratlashtirish forumida ishtirok etmoqda
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida innovatsion ishlanmalarning bahorgi tijoratlashtirish forumi o‘z ishini boshladi.
Forumda oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan ilmiy-innovatsion ishlanmalar namoyish etilmoqda. Mazkur tadbir natijalariga ko‘ra uch tomonlama — olim, ilmiy muassasa va tarmoq korxonasi o‘rtasida shartnomalar tuzilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu nufuzli anjumanda NamMQI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Muhammadjon Dadamirzaev boshchiligida institutning bir guruh professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda. Forum 18 mart kuniga qadar davom etadi.