NamMQI vakillari Qozon federal universiteti filiali mutasaddilari bilan uchrashdi
NamMQI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Qahramon Inoyatov boshchiligidagi delegatsiya Qozon federal universitetining Naberejnie Chelnidagi institutida bo‘lib turibdi.
Vakillarimiz Naberejnie Chelni instituti prorektori Vohid Vafin, iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i Alla yelakova, avtomobil bo‘limi boshlig‘i Minaxmet Gimadeev, Axborot texnologiyalari va energetika tizimlari bo‘limi boshlig‘i Aleksey Ilyuxin bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta'lim sifatini takomillashtirishda xorijiy tajribani qo‘llash masalalarini muhokama qildi.
NamMQI delegatsiyasining safari davom etmoqda.