NamMQI vakillari Namangan Tech Summit xalqaro IT-forumida ishtirok etmoqda
Namanganda bo‘lib o‘tayotgan 62-xalqaro gullar festivali doirasida tashkil etilgan Namangan Tech Summit xalqaro IT-forumi o‘z ishini boshladi.
Forumni Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzaqov va Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi va anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbirda yetakchi xalqaro va respublika IT-kompaniyalari, Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan shu yo‘nalishdagi kompaniya va korxonalar ishtirok etmoqda.
Forumda Namangan muhandislik-qurilish institut qoshidagi "In Tech NamMQI" unitar korxonasi jamoasi va institut professor-o‘qituvchilari o‘z ishlanmalari bilan ishtirok etmoqda. Institutning bu boradagi faoliyati vazir Sherzod Shermatovda ham qiziqish uyg‘otdi.