NamMQI vakillari Namangan metallurgiya zavodida bo‘ldi
Institut "Texnologik mashinalar va jihozlar" hamda "Mashinasozlik texnologiyasi" kafedralari vakillari Namangan metallurgiya zavodida bo‘ldi.
Safar davomida mazkur korxona faoliyati bilan tanishilib, bu yerda yaratilgan sharoitlar va ishlab chiqarish hajmlari ko‘rib chiqildi.
Zavod rahbariyati bilan korxona hamda institut o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolashga kelishib olindi.