NamMQI vakillari Janubiy Ural davlat universitetiga yo‘l oldi
Mashinasozlik fakulteti dekani Rahmatali Rustamov boshchiligida bir guruh professor-o‘qituvchilar Janubiy Ural davlat universitetiga yo‘l oldi.
Delegatsiya safari kun tartibidan ushbu oliy o‘quv yurti faoliyati bilan tanishish, 2+2 dasturi asosida tahsil olayotgan talabalar bilan muloqot, turli mavzularda ma'ruzalar o‘qish rejalashtirilgan.
Vakillarimizni Janubiy Ural davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Andrey Kucherov va universitet qoshidagi malaka oshirish instituti direktori o‘rinbosari professor Marina Pavlovskaya qarshi oldi. Ular bilan suhbat davomida ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.