• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI vakillari Ishoqxon to‘ra Ibrat majmuasi bilan tanishdi

Institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov, Muhandislik kommunikasiyalari fakul'teti dekani Fayzulla Nishonov, dekan o‘rinbosari Anvarjon Dehqonov va institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a'zolari To‘raqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi.

Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan safar davomida institut vakillari tumanda joylashgan, Ishoqxon to‘ra Ibrat haykali qad rostlagan, ayni shu nom bilan ataluvchi majmuada bo‘lib, adib xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.

Shu bilan birga, buyuk jadidning hayot va ijod yo‘li to‘g‘risida o‘zaro fikr almashildi.

Ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar davom etmoqda.

NamMQI media markazi 

  • Share :