• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI vakillari Dehlida Oʻzbekistonning Hindistondagi elchisi bilan uchrashdi

Hindistonda xizmat safari bilan boʻlib turgan Namangan muhandislik-qurilish instituti vakillari Oʻzbekistonning ushbu mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Sardor Rustamboyev bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani Ozoda Abdullayeva elchiga institutda tashkil etilgan Hindiston oʻquv xonasi haqida maʼlumot berdi. Axborot texnologiyalari yoʻnalishidagi talabalarni Hindistondagi nufuzli oliy taʼlim muassasalarida amaliyot oʻtashlarini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifi elchi tomonidan maʼqullandi.

“Xorijiy tillar” kafedra mudiri Sayfulbot Aʼzamov va kafedra dotsenti Dildora Inomidinovaning hindistonlik yoshlarning NamMQIda mavjud energetika, transport, qurilish, muhandislik yoʻnalishlarida taʼlim olishlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida kelgusi oʻquv yili qabul jarayonida Hindistonda taʼlim kunlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi loyihasi elchixona vakillari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

  • Share :