NamMQI vakillari Buxorodagi milliy forumda ishtirok etmoqda
Buxoro davlat universitetida GreenMetric xalqaro reyting agentligi bilan hamkorlikda milliy forum bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston OTMlarini jahon reytinglaridagi ishtirokini yaxshilash, bu borada o‘rnak bo‘lib kelayotgan oliy o‘quv yurtlari tajribasini o‘rganish, GreenMetric xalqaro reyting agentligi ekspertlari tavsiyalarini ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan ushbu anjumanda NamMQI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Qahramon Inoyatov va xalqaro bo‘lim boshlig‘i Islomjon Ergashev ishtirok etmoqda.