Mashinasozlik fakul'teti talabalari uchun Qo‘qondagi hamkor korxonada ma'ruza mashg‘uloti o‘tkazildi
Mashinasozlik fakul'tetining Neft' va neft'-gazni qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishi 3-bosqich talabalari Qo‘qondagi “For you” korxonasida bo‘ldi.
Bu yerda talabalar uchun «Foydali qazilmalar va qayta ishlash texnologiyalari» kafedrasi dosenti Bahodir Ma'murov boshchiligida «Neft'-gazni qayta ishlash korxonalari jihozlari va uskunalari» fanining «Issiqlik o‘tkazish asoslari» mavzusi o‘tildi.
Ular hamkor korxona ishlab chiqarish vositalari yordamida mavzuni amaliyotda o‘rganish, shuningdek, mutaxassislarga bevosita murojat etish imkoniyatiga bo‘ldi.