NamMQI vakillari “Ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusidagi viloyat festivalida ishtirok etdi
Davlatobod tumanidagi yoshlar ziyo maskanida “Ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida festival bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari Dinara Yoqubova ochib berdi va ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbirda tadqiqotchi-pedagog ayollar, talaba yoshlar, shu jumladan, Namangan muhandislik-qurilish institut professor-o‘qituvchilari xam o‘z ishlanmalari bilan ishtirok etdi.
Jumladan, «Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari» kafedrasi professori Ozoda Abdullaeva, Kimyoviy texnologiya kafedrasi dotsenti Gulnoza Qodirova, institut xotin-qizlar kengashi raisi Sohiba Otamirzaeva ushbu festivalda ma'ruza va chiqishlari bilan faol qatnashdi.