NamMQI vakillari akademik Saidahror G‘ulomov bilan muloqotda ishtirok etdi
Oliy ta'lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida O‘zFA akademigi Saidahror G‘ulomov ishtirokida «Yangi O‘zbekiston strategiyasida ta'lim sifatini oshirish muammolari» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Akademik intellektual salohiyatni oshirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, yoshlar bandligini ta'minlash, aholi salomatligini mustahkamlash kabi mavzularda o‘z fikrlarini bildirdi.
Muloqot davomida olim o‘z hayot yo‘li, shaxsiy va ilmiy qarashlari, jamiyat va islohotlar xususidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu davra suhbatida institut o‘quv-uslubiy boshkarmasi boshligi Tohirjon Jo‘raev, Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Bahriddin Jamalov ham ishtirok etdi.